1

Yaxshilik qilmoqchi bo`lgan maktab o`quvchisi chuv tushdi

Jinoyat 28.10.2019, 16:45
Yaxshilik qilmoqchi bo`lgan maktab o`quvchisi chuv tushdi

"18-sentyabr kuni Mirobod tumanida 12 yoshli maktab o`quvchisi Mirtemir Sh.ning yoniga 31 yoshli Xusan M. kelib, zarur qo`ng`iroq uchun uning telefonini so`ragan. Bola notanish kimsaga ishonib, unga yordam berish maqsadida unga "Samsung Galaxy A6" rusumli telefonini bergan. Xusan M. avval o`zini telefon raqam terayotgandek tutib, bir oz vaqtdan so`ng voqea joyidan yashiringan. U o`g`irlangan telefonni sotib, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari!  Notanish kishilarga yordam beramoqchi bo`lganingizda ehtiyot bo`ling. Begonalar qo`liga shaxsiy buyumlaringizni bermang. Agar sizdan qo`ng`iroq uchun telefoningizni so`rashsa, uni hech kimga bermasligingizni, ammo yordam berishingizni: telefon raqamini aytsa, o`zingiz qo`ng`iroq qilib, zarur xabarni etkazib qo`yishingizni ma`lum qiling. Farzandlaringizga ham shuni o`rgating – chunki ularning ishonuvchanligidan firibgarlar foydalanib qolishlari mumkin", - deya ogohlantirdi Toshkent shahar IIBB.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1