Samarqand shahrida yashovchi yurtdoshimiz Doniyor Zubaydov avgust oyida shahardagi “Samsung” do`konidan HUAWEI smartfonini xarid qilgan. Bu haqida O`zA xabar bermoqda.
Do`konda “UNIQUE MARKETING GROUP” MChJ tomonidan aksiya o`tkazilayotgan bo`lib, xaridor ko`pon to`ldirgan.
15 kundan so`ng Doniyorga qo`ng`iroq qilishib, Neksiya 3 rusumli avtomashina yutgani to`g`risida xabar berishgan.
20 sentyabrda "Zo`r" TV kanalida chiqishini aytishgan. Oradan vaqt o`tishiga qaramay, ushbu yurtdoshimizga aksiyadan yutgan avtomobili berilmagan.
Bundan norozi bo`lgan fuqaro Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Federasiyaga murojaat qilishga majbur bo`lgan.
Federasiya mutasaddilari bu kabi ko`zbo`yamachiliklarga befarq qarab tura olishmaydi. Har bir iste`molchining murojaati e`tibordan chetda emas. Qilingan sa`y-harakatlar natijasida yurtdoshimizga Neksiya 3 avtomashinasi tezkorlik bilan olib berildi.