AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati XTB: Chinozdagi 19-maktab voqeasi sahnalashtirilgan

'Toshkent viloyati XTB: Chinozdagi 19-maktab voqeasi sahnalashtirilgan'ning rasmi

Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 19-maktabda maktab direktori o`quvchini kaltaklagani  haqida videoxabar joylashtirilganini xabar qilgan edik. Holat Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan o`rganildi.

Unga ko`ra, voqea bo`yicha Chinoz tumani IIB boshlig`ining 2019 yil 18 oktyabrdagi qarori chiqarilgan bo`lib , unda to`plangan xujjatlarda jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Shu sababli jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish va fuqaro Sh.Xning xarakatlarida O`Z.Res MJtKning 52-moddasi 2-qismida ko`rsatib o`tilgan xuquqbuzarlik kuzatilganligi sababli ularga nisbatan ma`muriy tartibda chora ko`rish maqsadida to`plangan xujjatlarni Ma`muriy ishlar bo`yicha Chinoz tuman sudiga taqdim etilgan.

Shuningdek, Bu masala bo`yicha 2019 yil 29 oktyabr kuni maktab direktorini ximoyalash maqsadida 19-maktab xududidan ota-onalar Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`iga murojaat bilan kelishdi.Bu videoni uyushtirilganligi va bu masala bo`yicha ota-onalar tomonidan uyushtirgan fuqaro ustidan sudga murojaat qilishlarini bildirishdi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar