AsosiyJamiyat

Zoir Mirzaev 9-maktab o`quvchilariga dars o`tdi

'Zoir Mirzaev 9-maktab o`quvchilariga dars o`tdi'ning rasmi

Shu yilning 23 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.

Qashqadaryo viloyatiga yaqinda tayinlangan hokim vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzaev Qarshi shahridagi 9-sonli umumta`lim maktabi o`quvchilariga dars o`tdi.

Viloyat hokimi o`z bilimlarini o`rtoqlashish barobarida o`quvchilarning ona tili, fizika, matematika va xorijiy tillar bo`yicha bilimlarini ham sinovdan o`tkazdi.  

Shuningdek, hokim maktabda o`qituvchi va o`quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar