1

Bojxonada postida 5 kilogrammdan ziyod sof kumushlarni olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatildi

Jinoyat 30.10.2019, 13:28
Bojxonada postida 5 kilogrammdan ziyod sof kumushlarni olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Madaniyat” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik o`z vaqtida fosh etildi.

Hususan, qo`shni Qirg`iziston Respublikasiga chiqib ketayotgan fuqaro 1985 yilda tug`ilganS.M va unga tegishli bo`lgan “kiyim javoni” bojxona nazoratidan o`tkazilganida shkafning ichiga bojxona nazoratidan yashirilgan qimmatbaxo metallar turkumiga kiruvchi 5 kg danziyod qiymati 38 045 000 so`mlik sof kumush parchalarini qonunga xilof ravishda mamlakatimizdan olib chiqib ketmoqchi bo`lganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1