1

Nexia 3 yutib olgan fuqaro nega uni ololmay yurganiga o`yin tashkilotchilari izoh berdi

Jamiyat 31.10.2019, 10:24
Teglar: o`yin, Neksiya
Nexia 3 yutib olgan fuqaro nega uni ololmay yurganiga o`yin tashkilotchilari izoh berdi

Sal avval Samarqand shahrida yashovchi yurtdoshimiz Doniyor Zubaydov avgust oyida Neksiya 3 rusumli avtomashina yutgani, biroq yutuqni olishda qiyinchilikka uchragan to`g`risida xabar bergan edik. 

Yutuqli o`yin tashkilotchisi “Unique Marketing group” kompaniyasi “Xalq so`zi Onlayn”ga ushbu holat bo`yicha izoh taqdim etdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 31 avgustda yutuqli o`yinning uchta g`olibdan birinchisi aniqlandi hamda Doniyor Zubaydov avtomobil sovrindoriga aylangani haqida xabardor qilindi. Shuningdek, unga tashkilotchi tomonidan avtomobil 2019 yilning 18 oktyabrida (90 kunda) etkazib berilishi tushuntirilgan.

“Shunday qilib, barcha ma`lumotlar ʼUnique Marketing groupʼ kompaniyasi Doniyor Zubaydovning oldida o`z majburiyatlarini bajarganligini ko`rsatadi. Avtomobil yutug`ini olish sanasi kechikkanligi g`olibning quvonchini biroz susaytirgan bo`lishi mumkin, lekin oqibatda hammasi yaxshilik bilan tugadi. Yangi Nexia 3ʼning kaliti o`z qonuniy sohibiga topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Namanganda "Nexia" yonib ketdi

30.10.2021, 19:55

Namangan viloyati FVB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning 30 oktyabr kuni soat 16:15 larda Davlatobod tuman hududidan o`tuvchi 4R-112 avtomobil yo`lining 8-kilometrida “Nexia 2”...
Toshkentda 19 yoshli yigit 53 yoshli ayol o`limiga sababchi bo`ldi

22.10.2021, 18:07

2021-yil 22-oktyabr kuni taxminan soat 08:10 da Olmazor tumani Qamarniso ko`chasida “Nexia-3” (davlat raqami 01 S 375 JB) avtomobilini boshqarib borgan 2002-yilda tug`ilgan A`lo V....
Qo`rg`ontepada Neksiya velosipedchini urib yubordi

31.08.2021, 17:53

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati Qurg`ontepa tumanida velosipedchi ishtirokida daxshatli avariya sodir bo`ldi" sarlavhali videoxabar tarqaldi.YHXBBning ma`lum qilishicha, holat quyidagicha bo`lgan.4 avgust kuni soat 12:00 larda,...
Chilonzorda "Neksiya" yonib ketdi (foto va video)

06.01.2021, 17:41

Ijtimoiy tarmoqlarda "Beshyog`ochda "Neksiya" yonib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Hodisa yuzasidan IIV YHXBB ma`lumot berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 6 yanvar kuni soat 14:10larda Toshkent shahar,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1