Kecha, 30 oktyabr kuni Farg`ona viloyatida mudhish qotillik yuz berdi. Bu haqida darakchi.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.
30 oktyabr soat 15:00 larda O`zbekiston tumani, Bekobod qishlog`ida yashovchi 1976 yilda tug`ilgan Akram A. turmush o`rtog`i 1978 yilda tug`ilgan Nasiba A. bilan rashk tufayli janjallashib qoladi. Shundan so`ng, oshxona pichog`i bilan xotinining o`ng biqin va ko`krak sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Akram A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval qamashilik erkak xotinini bolta bilan urib o`ldirgani aytilgan edi.






