AsosiyJinoyat

Samarqandda etim bolani kaltaklagan bezorilarga sud hukm chiqardi

'Samarqandda etim bolani kaltaklagan bezorilarga sud hukm chiqardi'ning rasmi

Xabaringiz bor, sal avval ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan Samarqand shahri "Hazora" mahallasida etim bolani xo`rlashganligi aks etgan videoga aniqlik kiritgan edik...

31 oktyabr kuni videoda tasvirlangan holat bo`yicha Samarqand shahar ma`muriy sudining ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi"ga Bosh prokuratura xabar berdi.

Mazkur ish yuzasidan bo`lib o`tgan sud majlisida U.H.ni kaltaklagan H.I. va I.Z.ga nisbatan ma`muriy ish ko`rib chiqildi. Sud majlisida huquqbuzar H.I. sud majlisida o`z aybini tan olib, sodir qilgan qilmishidan pushaymonligini, qonuniy engillik berishlarini so`ragan.

Sudning qaroriga ko`ra, H.I. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183, 195 va 194-moddasi («Mayda bezorilik», «Ichki ishlar organlari xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish» hamda «Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») 1-qismida ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Huquqbuzar I.Z.ga nisbatan esa 11 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar