AsosiyJamiyat

Xorazmda bog`chada fojea yuz berdi

'Xorazmda bog`chada fojea yuz berdi'ning rasmi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Bog`dor mahallasida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasida kutilmagan falokat yuz berdi. 

MTM binosida ta`mirlash ishlarini olib borayotgan yollanma ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani uchun halokatga uchrashdi. Xonqa tumani Katta  kuch mahallasida  yashovchi uch yigit temirdan yasalgan havozani ko`targan vaqtida tepadan elektr simi o`tganinini bir zumga unutishdi. Oqibatda  havoza elektr simiga tegib ketishi natijasida ularni elektr toki urdi. Yigitlardan ikkisi voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Yana biri shifoxonaga yotqizildi.

Ma`lum qilinishicha, ayni paytda holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar