AsosiyJamiyat

Qizining isnodiga chidolmay o`z joniga qasd qilgan kosonlik ayol haqida Bosh prokuratura ma`lumot berdi

'Qizining isnodiga chidolmay o`z joniga qasd qilgan kosonlik ayol haqida Bosh prokuratura ma`lumot berdi'ning rasmi

Sal avval OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 9-sinf qizi zo`rlangani orqasidan isnodga chidolmay ikki marta o`z joniga qasd qilgan ayol haqida xabarlar chiqqan edi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati darakchi.uz’ga bu voqea bilan bog`liq barcha tafsilotlarni ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2019 yil mart oyida Koson tuman 6-sonli maktabning bir guruh o`qituvchilari shikoyat bilan murojaat qilishib, maktab direktori O.D.ning hatti-harakatlaridan noroziliklari, 2018 yil may oyida 9-sinf o`quvchisi Nigora.B.ning xomilador bo`lib, farzand ko`rganligi ko`rsatilgan. 

Tergov jarayonida, Nigora B. 2017 yil avgust oyida Bobur B. bilan jinsiy aloqada bo`lib, xomilador bo`lib qolganligi, 2018 yil 11 may kuni Koson tuman tug`ruq komplekisida qiz farzand tuqqanligi, onasi Nargiza R. tug`ilgan qiz farzandini shifoxonada qoldirib, uni uyiga olib ketganligi, tug`uruqxona boshlig`i vasiylik va xomiylik organiga aytganidan so`ng, 1 oila Nigora B.dan tug`ilgan qiz farzandini asrab olishganligi aniqlangan.

Biroq, DNK biologiya ekspertizasining xulosasiga ko`ra, qiz farzandning biologik otasi Alisher J. ekanligi ko`rsatilgan. Bobur B. esa biologik otasi emasligi aniqlangan.

2019 yil  7 oktyabrda Bobur B. va Alisher J.lar JKning 128-moddasi 1-qismida ko`rsatilan jinoyatni sodir qilganligi o`z tasdig`ini topib, ular Nigora B. bilan 2017 yil avgust oyida jinsiy munosabatga kirishganligi, JPKning 64-moddasi 1-qismi “a” bandi (agar ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etgan kundan boshlab ikki yil muddat o`tgan bo`lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi) ga asosan ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilgan.

Nigora B. ni onasi Nargiza R.ning 2018 yilda va 2019 yil sentyabr oyida o`z joniga qasd qilganligi holatlari yuzasidan tuman IIB va prokuraturaga xabar kelib tushmagan. 

Nargiza R.ning o`z joniga suiqasd qilganlik holatlari internetning ijtimoiy tarmoqlarida tarqalganligi sababli, 2019 yil 31 oktyabr kuni Koson tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilishi boshlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar