AsosiyJamiyat

Chiroqchida “Zil” va “Tiko”ning to`qtashuvi ikki kishining o`limiga sabab bo`ldi

'Chiroqchida “Zil” va “Tiko”ning  to`qtashuvi ikki kishining o`limiga sabab bo`ldi'ning rasmi

Kecha, Qashqadaryo viloyatida “Zil” va “Tiko” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Keltirilishicha, 31 oktyabr kuni soat 10:30larda “Shurbozor-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo`lining Chiroqchi tumani, “Qoraburug`” qishlog`i hududidan chiqib keluvchi 4K-84 yo`lini 4R-342 avtomobil yo`li bilan tutashuvchi qismida Shodiev Toir o`zining boshqaruvida bo`lgan “Tiko” rusumli 85 M 417 VA davlat raqami avtomashinasi bilan harakatlanib kelib, o`z yo`lida kelayotgan Berdiyorov Bekzod Abdurazzoqovichning boshqaruvida bo`lgan “Zil” rusumli  davlat raqami 70 O 797 EA bo`lgan avtomashina yo`liga chiqib ketishi oqibatida to`qnashib, yo`l transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda, “Tiko” rusumli avtomashinasi haydovchisi T.Shodiev va uning avtomashinasida yo`lovchi sifatida kelayotgan U.Boymirovlar hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, “Tiko” rusumli avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan Xolyorova O`razgul Mustafoevna, Xolyorov Aktam Avlayorovich va Avlayorova Muxlisa Aktam qizi turli darajadagi tan jarohatlari bilan Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganlar.

Boshqa yangiliklar