Naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib chiqishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etilmoqda, deya xabar bermoqda davlat Bojxona qo`mitasi.
Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga yo`l olgan fuqaro “qizil” yo`lak orqali harakatlanar ekan, uning yuklari belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.
Natijada, uning yuklari orasida bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 32 ming AQSh dollari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.