AsosiyJinoyat

Toshkentda 21 yoshli qiz mehmonning "Kaptiva"sidan pullarni o`g`irladi

'Toshkentda 21 yoshli qiz mehmonning "Kaptiva"sidan pullarni o`g`irladi'ning rasmi

28-oktyabr kuni soat 02:30 da Mirzo-Ulug`bek tumanida 21 yoshli Nasiba K. uning uyiga mehmon bo`lib kelgan 34 yoshli Aziz N. chalg`iganidan foydalanib, uning ustki kiyimi cho`ntagidan "Kaptiva" avtomobili pultini o`g`irlagan.

So`ng avtomobil yoniga chiqib, pult yordamida eshikni ochib, salon ichidan 1.000.000 so`m va 300 AQSh dollari o`g`irlaydi. 

Toshkeknt shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Nasibaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya`ni "O`g`rilik" bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar