Chiroqchi tumanidagi maktabda o`quv-tabiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari o`quvchini qattiq haqorat qilgandikda va urganlikda ayblanmoqda. Bu haqida Qashqadaryo viloyati XTB ma`lum qilgan.
Keltirilishicha, 2019 yil 25 oktyabr kuni Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-”b”sinf o`quvchisi Xoldorov Jamshidni maktabning o`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A.Xudayberdiev sinfxonadagi o`quvchilar oldida urgan hamda sha`ni va qadr-qimmatini erga uruvchi haqoratli gaplarni aytgan.
Shu sababli o`quvchining bobosi X.To`raev maktabga kelib A.Xudayberdievga nisbatan u aytgan haqoratli gapini isbotlab berishini, agar isbotlab bermasa unga nisbatan e`tiroz bildirib tegishli joylarga murojaat qilishini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan 89-umuiy o`rta ta`lim maktabi o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A.Xudayberdiev qaerda ekanligi surishtirilganida, 2019 yil 28 oktyabr kuni soati 12-00dan tuman tibbiyot birlashmasidagi terapiya bo`limida yotib davolanayotganligi aniqlandi.
A.Xudayberdiev bilan suhbat o`tkazilganda, o`quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o`g`lini urmaganligi va haqorat qilmaganligini aytdi.
89-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A.Xudayberdiev kasalxonadan chiqqandan keyin faoliyati to`liq o`rganilib, amaldagi qonunchilikka asosan chora ko`riladi.
Ayni paytda holat yuzasidan tegishli o`rganishlar davom ettirilmoqda.