AsosiyJamiyat

Taksi qilish uchun belgilangan rang bekor qilinishi mumkin

'Taksi qilish uchun belgilangan rang bekor qilinishi mumkin'ning rasmi

Yuridik shaxs sifatida yo`nalishsiz taksi xizmatini ko`rsatishni istovchilarga lisenziya berish talabini soddalashtirish uchun taksi avtomobillarini bir rangda bo`lishi to`g`risidagi talabni bekor qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda matbuot anjumanida Toshkent shahar transport boshqarmasi vakili ma`lum qilgan.

Bundan asosiy maqsad noqonuniy tashish xizmatini ko`rsatuvchi tashuvchilarni to`liq qamrab olish. Shu maqsadda Transport vazirligi tomonidan yo`nalishsiz taksi faoliyatiga o`rnatilgan talablarni soddalashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi va bugungi kunda o`rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida.

Ushbu qaror loyihasiga asosan, engil avtomobillarda yo`lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun yo`nalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini natorial tasdiqlanishi o`rniga davlat soliq qo`mitasidan ro`yxatdan o`tishi nazarda tutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar