1

“Buxoroenergomarkaz” foydasiga qarzdorliklar undirildi

Jinoyat 04.11.2019, 15:46
Teglar: Qarzdorlik undirildi
“Buxoroenergomarkaz” foydasiga qarzdorliklar undirildi

Ma`lumki, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qishki mavsumga tayyorlash va bu borada tejamkor muqobil energiya resurslaridan foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada joylardagi issiqlik energiyasi etkazib beruvchi tashkilotlarda ishlar ayni qizg`in pallada. MIB Buxoro viloyat tuman (shahar) bo`limlari tomonidan qarzdor tashkilotlardan “Buxoroenergomarkaz” AJ foydasiga sud hujjatlariga asosan qarzdorlik summalari undirib berilmoqda.

Jumladan, Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 16.09.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan “Buxoro golden fresh invest” mas`uliyati cheklangan jamiyatidan “Buxoroenergomarkaz” AJ foydasiga 120 mln. so`m;Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 23.07.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan “Buxoro Konsmetalleks” MChJdan “Buxoroenergomarkaz” AJ foydasiga 70 mln. 660 ming so`m qarzdorliklar undirib berildi. Mazkur sohadagi qarzdorliklarni undirish ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1