AsosiyJinoyat

Olmaliqdagi sport maktabida soxta “komandirovochne”lar bilan 87,2  mln. so`m o`zlashtirildi

'Olmaliqdagi sport maktabida soxta “komandirovochne”lar bilan 87,2  mln. so`m o`zlashtirildi'ning rasmi


Olmaliqdagi sport maktabida xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o`zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2  mln. so`m mablag`ni o`zlashtirgan lavozimdagi shaxslar aniqlandi. Bu haqida darakchi.uz’ga Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan Olmaliq shahar Bolalar va o`smirlar sport maktabi direktorining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda ushbu sport maktabi direktori o`rinbosari U.N. va metodisti X.R.lar xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o`zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2  mln. so`m pullarni uyali aloqa telefonlariga o`rnatilgan “Payme” va “Click” to`lov tizimlari orqali o`tkazib, byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan U.N. va X.R.larga nisbatan JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar