AsosiyJinoyat

Farg`onada janjallashganlar qolib, yarashtiruvchilarning o`zaro tortishuvi o`lim bilan yakunlandi

'Farg`onada janjallashganlar qolib, yarashtiruvchilarning o`zaro tortishuvi o`lim bilan yakunlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida urishib qolgan ikki tanishni yarashtirishga kelganlarning o`zlari ham o`zaro janjallashib, voqea o`lim bilan yakunlandi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Keltirilishicha, 2019 yil 2 noyabr kuni soat 02:30 larda Quva tuman IIB navbatchilik qismiga tuman tibbiyot birlashmasi ShTYoKIMdan fuqaro J.M sanchib-kesilgan jarohatlari bilan olib kelinganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, 1 noyabr kuni soat 20.00larda F.T tanishi M.N bilan o`zaro janjallashgan va janjal davomida M.N tanishi F.Tni urib-do`pposlagan. 

F.T bu haqda tanishi J.Sga aytgan, J.S esa M.Nning tanishi J.Yuga telefon qilib, ularni «Xonobod» MFY hududidagi «Qosim Karvon» fermer xo`jaligi dala maydoni hududiga chaqiradi va janjallashganlarni o`zaro yarashtirib qo`yishni taklif qiladi.

Fuqaro J.Yu tanishlari J.B, M.N, J.M bilan birga Quva tumani «Do`stlik» MFY hududidagi «Qosim Karvon» fermer xo`jaligi dala maydoni ro`parasidagi Quva-Shahrixon yo`li bo`yiga 02.11.2019 yil kuni soat 02:10 larda borishadi.

U erda o`zaro suhbat davomida urishganlar qolib yarashtirishga kelgan J.S va J.M janjallashib qoladi va uni ikkala oyoq-son qismlariga, elka sohasi, qo`llarining ikkala bilak hamda chap biqin sohasiga pichoq bilan urib, tan jarohati etkazadi.

Shundan so`ng J.S yo`lovchi mashinani to`xtatib, jarohatlangan J.Mni shifoxonaga jo`natadi.

Jabrlanuvchi J.Mga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 2019 yil 2 noyabr kuni soat 03:05larda shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan J.Sga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan Fargona viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar