AsosiyJamiyat

Poytaxt havosining ifloslanishi sabablari ma`lum bo`ldi

'Poytaxt havosining ifloslanishi sabablari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrining bir necha tumanida ob-havo ifloslanganlik darajasi me`yoridan oshib ketganligi haqida “O`zgidromet” axborotiga tayanib  sal avval xabar bergan edik. Bunga aniqlik kiritish: havoda zararli moddalar ko`paygani sababi va zararlanish darajasini nazorat qilish samarasini oshirish choralari haqida ma`lumot berishini so`rab Darakchi.uz muxbiri “O`zgidromet” bosh mutaxassisi Irina Zayseva bilan muloqot qildi. Mutaxassis qo`yidagicha izoh berdi:

–Respublikamizda atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi ustidan kuzatuvlar 25 ta shaharda 63 stasionar punktda olib boriladi. Olingan ma`lumotlar o`rtacha ifloslanish darajasi to`g`risida xulosa qilishga imkon beradi.

Toshkent shahrida atmosfera havosi kuzatuvlari shaharning 8 ta tumanida joylashgan 13 ta kuzatuv punktida amalga oshiriladi. Bu punktlar poytaxtning turli funksional zonalarda, ya`ni turar-joy , sanoat, avtomobil yo`llari oldida joylashgan.

Atmosfera havosi ifloslanishi chang, oltingugurt dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, karbonat angidrid, fenol, ftorli vodorod, ammiak, formaldegid, og`ir metallar ko`rsatkichlari bo`yicha aniqlanadi. Buning uchun kuzatuv postlarida yakshanbadan tashqari, har kuni  soat 7:00, 13:00, 19:00 da havo namunalari olinadi. 

Havodagi asosiy ifloslantiruvchi moddalar - chang, uglerod oksidi, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiakdir. Ularning o`rtacha yillik konsentrasiyalari ayrim oylarda ruxsat etilgan me`yorlardan ortib ketadi.

Atmosfera havosi ifloslanish darajasining integral ko`rsatkichi - bu atmosferaning ifloslanish indeksidir (AII). U eng ko`p miqdorda mavjud bo`lgan 5 ta modda bo`yicha hisoblanadi.  Atmosferaning ifloslanish indeksi kuzatuvlar olib borilayotgan muayyan aholi punktlaridagi atmosfera havosining ifloslanish darajasini baholash uchun qulay sanitar-gigienik ko`rsatkich hisoblanadi. 

–Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi o`zgarishlari haqida solishtirma ma`lumotlar bormi?

–Agar biz 20 yil ichida Toshkent shahri uchun ifloslanish darajasi o`zgarishlarini ko`rib chiqsak, 1990 yillarga nisbatan oxirgi 10 yil ichida umuman olganda Toshkent shahri bo`yicha  ifloslanish darajasi pasayganini ko`ramiz (quyidagi jadvalga qarang). 

1992 yildan 2018 yilgacha bo`lgan davrda Toshkent shahrida Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi dinamikasi (AII) 

 

1992 y.1993 y.1994 y.1995 y.1996 y.1997 y.1998 y.1999 y.2000 y. 
5,815,325,795,995,625,656,386,485,92
 
2001 y.2002 y.2003 y.2004 y.2005 y.2006 y.2007 y.2008 y.2009 y.
5.956,686,365,525.224.314.194.963.66
 
2010 y.2011 y.2012 y.2013  y.2014 y.2015 y.2016 y.2017 y.2018 y.
3.373.323.633.854,043.513.554.103.66

 

Ma`lumot uchun: agar atmosferaning 5 ta modda bilan umumiy ifloslanish indeksi 14 dan oshsa, havoning ifloslanish darajasi juda yuqori, agar 14>IZA>7 bo`lsa – yuqori, 7>IZA>5 bo`lsa – oshgan, IZA <5 bo`lsa – past hisoblanadi.

–Havoning zararlanish darajasi nimaga bog`liq?

Toshkent shahrida atmosfera  havosining ifloslanish darajasi stasionar va ko`chma manbalardan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdoriga bog`liq. Havoga zararli moddalar  chiqaradigan asosiy manbalar avtotransport, sanoat korxonalari, qozonxonalar, metallurgiya korxonalaridir.

Masalan, O`zgidrometning stasionar punktlari joylashgan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida azot dioksidi, uglerod oksidi, Yashnobod tumanida chang, uglerod oksidi, azot oksidi, Mirzo Ulug`bek tumanida ko`proq chang, azot va uglerod dioksidlari, Chilonzorda azot dioksidi, Mirobod tumanida fenol,azot dioksidi, Sergelida formaldegid va azot dioksidi  bir martalik maksimal miqdori ruxsat etilgan me`yorlardan yuqoriligi qayd etiladi. 

–Hozirda barcha viloyat va tumanlarda atmosfera havosi o`zgarishlarini tezkor va aniq qayd etish imkoni bormi? Bu ishlar samarasini yaxshilash uchun nima qilish kerak?

–Atmosferada zararli moddalar to`planishida tabiiy iqlim sharoitlarining (noodatiy iqlim o`zgarishi, atmosferadagi shamolsizlik) va tabiiy xususiyatlarning (quruq iqlim, gilli tuproq va boshqa) ham o`rni bor. 

Bugungi kunda hududlarda kuzatuv jarayonining texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida joriy ehtiyojlarga qarab onlayn tartibda kuzatuvlar olib borish uchun avtomatik stansiyalar o`rnatish zaruriyati mavjud. 

Bu borada O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha qaroriga muvofiq markaz kuzatuv tarmog`ini modernizasiyalash, xususan ifloslanishni kuzatish tizimini yaxshilash uchun grant mablag`lar hisobiga zamonaviy avtomatik stansiyalar o`rnatish ko`zda tutilgan.

Manzura BEKJONOVA

 

Boshqa yangiliklar