Ukrainaning Rossiya bosqinidan zarar ko‘rgan hududlarda hozirda 2 millionga yaqin mina bo‘lishi mumkin. Bu haqda “DW” ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatdagi yerlarning umumiy maydoni 174 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lib, ularni tozalash juda muhim. Chunki mina portlashlari ko‘pincha oddiy fuqarolarning halokatiga olib kelmoqda. Ukraina bu borada Yaponiyadan alohida yordam olayapti.
Yaponiyaning og‘ir texnika ishlab chiqaruvchi Komatsu Ltd kompaniyasi 1999-yildan beri Kambodjada minalarni tozalash bilan shug‘ullanib keladi. 2024-yil iyul oyida Yaponiya elchisi Kuninori Matsuda Ukraina hukumatiga to‘rtta zirhli Komatsu ekskavatorini topshirdi. Ular piyoda minalarini joyida xavfsiz portlatish qurilmasi bilan jihozlangan.
Tokiodagi Vaseda universiteti professori Xideyuki Savada boshchiligidagi jamoa esa bu borada sun’iy intellektdan foydalanish ustida ishlamoqda. Ular infraqizil kamera bilan jihozlangan dron yordamida minalarni aniqlovchi tizim yaratmoqda. Bu dron insonlarga nisbatan hududlarni tezroq va xavfsizroq skanerlashi mumkin.
“Biz bilamizki, mina qurbonlarining 40 foizi bolalardir. Ular dalada o‘ynab yurganida tasodifan mina bosib yuboradi. Agar bu muammo yechimini topsa, butun bir avlod bolalar bundan aziyat chekishdan qutuladi”, — deydi yapon professori.