1

Huquqbuzarlarning avtomashinasi jarima maydonchasiga keltirildi

Jinoyat 05.11.2019, 16:24
Huquqbuzarlarning avtomashinasi jarima maydonchasiga keltirildi

MIBning asosiy vazifalaridan biri sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta`minlash, shu jumladan, qarzdorlarning pul mablag`lari va boshqa mol-mulkni qidirish choralarini ko`rish hisoblanadi.

Samarqand viloyat IIB YHXBning 09.08.2019 yildagi qaroriga asosan I.Hamroeva yo`l harakati qoidalarini buzganligi uchun davlat foydasiga 1 mln. 115 ming so`m jarimani to`lashi haqida ogohlantirilgan bo`lsa-da, belgilangan muddatda to`lamadi. 

Ijro harakatlari davomida I.Hamroeva nomida “Cobalt” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlangan. Avtomashinaga nisbatan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina jarima maydonchasiga olib kelindi.

Xuddi shunday, G`ijduvon tumani IIB YHXBning qaroriga asosan, M.Murodova yo`l harakati qoidalarini buzganligi uchun davlat foydasiga 1 mln. 13 ming so`m jarimani to`lashi haqida ogohlantirilgan bo`lsa-da, belgilangan muddatda jarimani to`lamagan. 

Ijro harakatlari davomida M.Murodova nomida “Spark” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlangan. Avtomashinaga nisbatan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1