O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining rasmiy nashri — “Milliy tiklanish” gazetasiga partiya markaziy kengashi matbuot kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Mirodil Abdurahmonov bosh muharrir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bu haqda partiya matbuot xizmatiga asoslanib ma`lum qilinmoqda.
Mirodil Abdurahmonov ayni vaqtda partiya markaziy kengashi raisining o`rinbosari lavozimini ham saqlab qolgan.