Andijon shahrida elektr energiyasidan qarzdor shaxs MIB xodimini urdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Keltirilishicha, Andijon shahrida fuqaro O.S.ning elektr energiyasidan qarzdorligi aniqlangan. Shu sababli yashash xonadonini tarmoqdan uzish chorasi ko`rilgan. Biroq, qarzdor MIB Andijon shahar bo`limi davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko`rsatib, 1 nafarini yog`och bo`lagi bilan urib, tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 05.11.2019 yilda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






