Bir muddat oldin, aniqrog`i 16 oktyabr kuni “Darakchi” tahririyatiga darakchi.uz saytida o`yin o`ynalayotgani haqida murojaatlar kelib tushgandi. Ularning aytishicha saytdan ro`yxatdan o`tganlarga pul mukofoti va`da qilingan va Uzcard ( Click) orqali pul echib olish bo`yicha firibgarlik amalga oshirilgan.
Bugun tahririyatimizga yana ushbu mazmundagi murojaatlar etib kelmoqda. Shu munosabat bilan biz fuqarolarni qayta ogohlikka chaqiramiz va Darakchida hech qanday pulli aksiya o`ynalmayotganligini ma`lum qilamiz. Shu bilan birga bu harakatlar so`nggi paytlarda firibgarlikning zamonaviy ko`rinishi bo`lgan o`zgalar hisobidan aldab pul echib olish ekanligini eslatib o`tamiz.
Shu o`rinda o`zimizning rasmiy sahifalarimizni yana bir bor keltirib o`tsak:
http://darakchi.uz/uz/categories/44
https://www.facebook.com/darakchi/
https://www.instagram.com/darakchi.uz/