1

Yuklarni chegara sim to`sig`idan o`tkazish rejasi chippakka chiqdi

Jinoyat 06.11.2019, 12:56
Yuklarni chegara sim to`sig`idan o`tkazish rejasi  chippakka chiqdi

Bojxonachilar tomonidan yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish ishlari davom ettirilmoqda. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Madaniyat” chegara bojxona posti hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda navbatdagi huqubuzarlik fosh etildi.

Hususan, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi F.Z va yana 5 nafar fuqarolar qo`shni chegaradosh mamlakat hududidan chegara sim to`siqlari orqali ma`lum bir haq evaziga Qirg`iziston fuqarosi bo`lgan Oybek ismli shaxsga tegishli bo`lgan 62 million so`mlik “Gaz hisoblagich” va “Isitish jihoz”larini noqonuniy yo`llar orqali mamlakatimiz hududiga o`tkazmoqchi bo`lganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Farhod Karimov, Andijon viloyat bojxona boshqarmasi katta inspektori

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1