1

Pochtachi firibgar bo`lib chiqdi

Jinoyat 06.11.2019, 16:50
Pochtachi firibgar bo`lib chiqdi

Majburiy ijro byurosi Yangier shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbirda "O`zbekiston pochtasi" AJ viloyat "Farhod" tarmoq pochta bo`limiga qarashli Yangier pochta bo`limi xabarchisi M.K. xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik va rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlarini qasddan sodir qilganligi aniqlandi.

Jumladan, M.Karimova joriy yilning avgust oyida "shakl-47" hisoboti bo`yicha elektr energiya to`lovi uchun 54 ta to`lov pattasida 9.149.000 so`mlik, tabiiy gaz uchun 44 ta to`lov pattasida 5.531.000 so`mlik, jami 98 ta to`lov pattalarini g`arazg`o`ylik va boshqa manfaatlarni ko`zlab, rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotva yozuvlar kiritgan. Mazkur to`lovlarni avgust oyi hisobotlariga kiritmasdan, fuqarolarning elektr energiya va tabiiy gaz to`lovi bo`yicha shaxsiy kitob-varaqlariga (abonent raqami) o`tkazib yuborgan. Buning natijasida, o`ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo`lgan o`zgalarning 14 mln. 680 ming so`mlik pul mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.                               

Mazkur holat yuzasidan Yangier shahar prokuraturasi tomonidan M. K. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK 167-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1