1

Kecha «Narxoz»dagi yig`ilishda Prezident maslahatchisi nimalar degan edi?

Jamiyat 06.11.2019, 17:48
Teglar: Narxoz
Kecha «Narxoz»dagi yig`ilishda Prezident maslahatchisi nimalar degan edi?

Kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida oliy ta`lim tizimida korrursiyaga qarshi kurashishga bag`ishlangan katta yig`ilish bo`lib o`tgani va unda TDIU rektori B.Xodiev ishdan olingani haqida xabar bergan edik

Biroq, mazkur yig`ilishda ko`tarilgan mavzular va ma`ruzalar haqida xech qaerda batafsil ma`lumot uchramadi.

Bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev majlisda O`zbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiev bildirgan ayrim fikr va iqtiboslar bilan bo`lishdi:

«Oliy ta`lim muassasalari davlatimizda olib borilayotgan oshkora siyosatga etarlicha munosabat hamda javob qaytara olmayaptilar.

Oliy ta`lim tizimida bugun keskin qadam qo`ymas ekanmiz, hech qachon sohada o`zgarish bo`lmaydi!

Salbiy holatlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham ko`rishimiz mumkin.

Afsuski, universitet rahbariyati hamda jamoasidan xalqimiz va Prezidentimiz kutayotgan natija bo`lmayapti. Talabalar bilimini baholash, ularni kursdan kursga qoldirish, talabalar safidan chetlashtirish, o`qishga tiklash va ko`chirish jarayonlarida ochiqchasiga korrupsion holatlar hali hanuz davom etmoqda.

O`qituvchilar tomonidan sun`iy ravishda talabalarning ballari pasaytirilishi, aytingchi, bunday oliyjanob kasb egasining talaba qo`liga qarashi - pastkash va jirkanch holat emasmi?

Korrupsiyaga qarshi qattiq kurashamiz! Prezidentimiz aytganlaridek, orqaga yo`l yo`q, ko`priklar yonib ketgan.

Rahbarlar yoki xalqqa xizmat qiladi, yoki ketadi. Ketganda ham oddiy qutulmaydi. Buni bugun prezidiumda o`tirganlarni ko`rib ham, xulosa qilsa bo`ladi.

Xalqqa xizmat qilmaydigan, vazifasini suiste`mol qiladigan, oyog`i erdan uzilgan rahbarlar bilan biz hech qachon ishlay olmaymiz, ishlamaymiz ham. Ular munosib jazosini ham oladi.

Bilib qo`yinglar, butun oliy ta`lim tizimida o`rganishlar davom etadi, ularning natijalari to`g`risida hali eshitasizlar, keskin choralar ko`riladi!

Xuddiki yuqorida aytilgan salbiy holatlar menga tegishli emas, meni aytmadi-ku, degan rektorlar ham oramizda yo`q emas.

Bilib qo`yinglar, kimda kim shunday o`ylasa, juda qattiq xato qiladi! Barcha ma`lumotlar etarli! Yuridik universitet, Iqtisodiyot universiteti... Agar hali vaziyat o`zgarmasa bu ro`yxat yana davom etadi...»

 

Eslatib o`tamiz, sal avval blogerning Xodievni korrupsiyada ayblash noto`g`ri deyayotganlarga javobi berilgan edi.

Sharhlar

“Narxoz” sobiq prorektori qidiruvga berildi

05.10.2021, 20:43

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Fozilovich Idiev qidiruvga berildi.U firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.   Unga asosan, Nodir Idiev...
Xushnud Xudoyberdiev “Narxoz” rektori Xodievni korrupsiyada ayblash noto`g`ri deganlarga javob qaytardi

06.11.2019, 10:10

Xabaringiz bor, kecha, 5 noyabr kuni TDIU rektori Bahodir Xodiev lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. Shubhasiz, shu kunning o`zida bo`lib o`tgan yig`ilish va Xodiev...
"Tozalash" “Narxoz”dan boshlandi. Rektor ishdan olindi

05.11.2019, 12:36

 Bugun TDIU rektori Bahodir Xodiev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda darakchi.uz’ning Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligidagi manbasi xabar qildi.Yig`ilish Prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiev va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1