1

Chiroqchida Isuzu to`xtatilganda, shubha o`z tasdig`ini topdi

Jinoyat 07.11.2019, 11:31
Teglar: Chiroqchi
Chiroqchida Isuzu to`xtatilganda, shubha o`z tasdig`ini topdi

Qashqadaryoda qariyb 14 million so`mlik noqonuniy olib ketilayotgan metall parchalari to`xtatib qolindi. Bu haqida darakchi.uz’ga Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma`lum qildi.

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi hamda YXXB xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. O`tkazilgan tezkor tadbir davomida shubha ostiga olingan X. S. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida shubha o`z tasdig`ini topdi. Yukxona ichida tegishli hujjatlarga ega bo`lmagan polimer qoplarga joylangan rangli metall parchalari borligi aniqlandi. 

Ashyoviy dalil sifatida olingan 13 million 902 ming so`mlik rangli metall parchalari“O`zikkilamchirangmetzavod” AJning viloyatdagi filialiga vaqtincha saqlovga topshirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun: viloyat bojxona organi xodimlari tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida 10 ta holatda 22 tonna 422 kg rangli metall parchalarining noqonuniy aylanishining oldi olindi. 

Sharhlar

⚡️ Chiroqchida qishloq oralab yurgan yovvoyi ayiq ayni paytda qaerda ekani ma`lum qilindi

05.04.2023, 20:17

Bugun, 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Yashnobod mahallasi hududiga O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo`ng`ir ayiq tushib kelganligi to`g`risida xabar qilingan edi. Ayiq, maktab...
Chiroqchida fuqaroni internetda sharmanda qilish bilan qo`rqitib pul talab qilgan "shovvozlar" ushlandi

25.03.2021, 16:44

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G`.ning N. ismli ayol bilan ishqiy...
"Svet"ning tez-tez o`chishi sabab Chiroqchi tuman markaziy shifoxonasida rentgen uskunasi buzildi

18.01.2021, 14:04

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limi qabulxonasidagi rentgen uskunasi 2020 yil 29 dekabrdan buyon nosoz holatda bo`lgan. Elektr ta`minotidagi tez-tez uzilishlar sababli uskunaning...
“darakchi.uz” tanqididan so`ng, Chiroqchidagi 101-maktab mashmashasi qayta o`rganiladigan bo`ldi

11.12.2019, 11:07

Xabaringiz bor, bir muddat avval Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 101-maktab o`quvchilari ommaviy ravishda xorijga ishlagani ketayotgani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng mazkur holat bo`yicha viloyat xalq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1