AsosiyJamiyat

"Ozodlik"ka chiqqan “ishsiz qolganlar”ga raddiya berildi

'"Ozodlik"ka chiqqan “ishsiz qolganlar”ga raddiya berildi'ning rasmi

«@SizdanTelegram©» telegramm kanalida 2019 yil 6 noyabr kuni “QORAQALPOG`ISTON – “Qishloq xo`jaligi kolleji maktab ixtiyoriga o`tib, xodimlar ishsiz qoldi” sarlavhali material e`lon qilingan. Mazkur murojaatga To`rtko`l tuman hokimligi raddiya berdi.

Unga ko`ra, “Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5313-sonli va2019 yil  6 sentyabrdagi PF-5812-sonli Farmonlar ijrosini ta`minlash hamda optimallashtirilishi kerak bo`lgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasidan, ularda umumta`lim maktablari, o`quv-ishlab chiqarish majmualari va maktabgacha ta`lim muassasalari joylashtirilishini nazarda tutib, shuningdek, bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida “Yonboshkal`a” OFY xududida joylashgan 2-To`rtko`l Qishloq xo`jaligi kasb-hunar kollejining binosi ushbu xududda joylashgan 944 o`rinli 39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabiga qo`shimcha bino sifatida tuman xalq ta`limi bo`limi tasarrufiga o`tkazilgan.

To`rtko`l 2-qishloq xo`jaligi kasb-xunar kolleji rahbariyati  tomonidan shtatlar qisqartirilishi to`g`risida 35 nafar ishchi xodimlarini oldindanrasmiy  tarzda  xabardorqilingan.  O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67, va 100-moddalariga asosan  2019 yil 1 iyuldan To`rtko`l tumani Bandlikka ko`maklashish markazida 35 nafar ishchi xodimlar ro`yxatga olinib, ikki oylik kompensasiya puli va ikki oy ichida ish topolmagan mehnat shartnomasi bekor qilinganlarning 33 nafariga uch oylik kompensasiya puli to`lab berilgan. 

Bugungi kunda 35 nafar xodimlardan o`z mutaxassisliklari bo`yicha  11 nafari ishga joylashtirilgan. Tuman Bandlikka ko`maklashish markaziga kollej xodimlaridan faqat  6 nafari ish so`rab murojaat qilgan va ulardan 3 nafarining bandligi ta`minlangan. 

Maktab binosining bo`sh joyi, ya`ni ustaxonasi haqiqatdan ham ixtiyoriy ravishda paxta-yig`im terimiga ko`maklashuvchi fuqarolarga mavsumda vaqtinchalik foydalanishga berib turilgan.

Boshqa yangiliklar