O`quvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar ro`yxati kengaytirildi. Bu haqda norma ma`lum qilmoqda.
Umumiy o`rta ta`lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi to`g`risidagi nizomga tegishli qo`shimchalar kiritildi.
Unga ko`ra, maktab o`quvchilarini yakuniy davlat attestasiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:
mukovissidoz, aralash shakli, og`ir turi (kasallik kodi E84);
plevrit (J90-K94);
nospesifik yarali kolit (zo`riqish davri, K51);
jigar pirrozi (dekompensasiya davri, K74.6).
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 2019 6 dan kuchga kirdi.