7 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o`rinbosari Svetlana Ortiqova Bosh prokuror o`rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva feysbukdagi sahifasi orqali sobiq o`rinbosarining prokuratura organlariga qaytishi munosabat bilan tabrikladi.
"Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar davrida ayollarning yuqori, ya`ni qarorlarni qabul qilish darajasida ishtirok etishini ta`minlashda yuqori lavozimlarga tayinlanishi ayniqsa muhimdir.
O`ylaymanki, Svetlana Artikovaning O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Bosh prokuror o`rinbosari lavozimiga tayinlanishi mamlakatimizda erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta`minlashga alohida e`tibor qaratilayotganining yaqqol dalilidir.
Amaliy faoliyatimdan kelib chiqqan holda aytishim mimkinki, gender tengligi ta`minlanib, ayollarning martabasi o`sishi uchun sharoitlar yaratilayotgan tizimlarda ish samaradorligi va ko`rsatkichlari yuqori bo`ladi.
Hurmatli Svetlana Boymirzaevna!
Samimiy tabriklarimni qabul qiling!
Sizga ushbu muhim davlat lavozimida kuch- g`ayrat, faoliyatingizda o`zingizga xos qat`iylik bilan mamlakatimiz ravnaqi yo`lidagi kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!", deydi o`z sahifasi orqali Tanzilla Norboeva.