O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-musiqa akademik liseyini tashkil etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muhokamaga qo`yildi.
Hujjatga ko`ra, Milliy gvardiyaning Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi negizida O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-musiqa akademik liseyi ochiladi.
Unda umumiy musiqa bo`yicha bilimlarning boshlang`ich asoslari o`rgatiladi hamda damli va zarbli cholg`ular ijrochiligi yo`nalishida etuk kadrlarni tayyorlanadi.
Bu orqali O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy orkestrlari uchun malakali kadrlar rezervi shakllantiriladi.