AsosiyJamiyat

TEZKOR: Toshkent viloyatida gaz chaqnab portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

'TEZKOR: Toshkent viloyatida gaz chaqnab portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi'ning rasmi

2019 yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Surun mahallasidagi uylarning birida gaz to`planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hodisa oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyiga zudlik bilan etib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda. Holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar