AsosiyJamiyat

Olimpiadada g`olib o`quvchiga 22 million so`mdan ortiq, o`qituvchisiga 19 million so`m mukofot berildi

'Olimpiadada g`olib o`quvchiga 22 million so`mdan ortiq, o`qituvchisiga 19 million so`m mukofot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Xorazm viloyatida umumta`lim maktablari va akademik lisey o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan Ahmad al- Farg`oniy nomidagi fizika fani olimpiadasi g`oliblari aniqlandi.

Fan olimpiadasida faxrli 1- va 2-o`rinlarni akademik lisey o`quvchilari egalladi.

Termiz davlat universiteti akademik liseyning 2-kurs talabasi Tursunov Azizbek faxrli 1-o`rinni egalladi.

Toshkent shahridagi Sirojiddinov nomidagi akademik liseyning 2-kurs talabasi Boboshev Sardor 2-o`rinni qo`lga kiritdi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, olimpiadaning g`olib o`quvchilari va ularning o`qituvchilari esdalik sovg`alari va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlangan:

1-o`rin uchun o`quvchiga – 22 300 000 so`m, o`qituvchiga - 18 955 000 so`m;

2-o`rin uchun o`quvchiga – 18 955 000 so`m, o`qituvchiga - 14 495 000 so`m;

3-o`rin uchun o`quvchiga - 15 610 000 so`m, o`qituvchiga – 11 150 000 so`m.

Boshqa yangiliklar