1

70 dan ko`proq davlatlar oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga kelishib olishdi

Jamiyat 11.11.2019, 15:31
Teglar: oziq-ovqat, Monreal bayonnomasi
70 dan ko`proq davlatlar oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga kelishib olishdi

9 noyabrda Rimda bo`lib o`tgan yig`ilishda 70 dan ko`proq davlat yomon sovitish oqibatida ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdorini kamaytirish uchun jiddiy sa`y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib fao.org/news xabar berdi. 

Bu boradagi hujjat Rimda o`tgan Monreal bayonnomasi yig`ilishida imzolandi. 

Tadqiqotlardan ayon bo`ldiki dunyoda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi ayniydi va buning natijasida atrof-muhitga jiddiy ziyon etadi. Shu munosabat bilan oziq-ovqatlarni sovuq holda saqlash va tashishning mukammalroq usullari ishlab chiqilishiga ehtiyoj bor. Bu ekologiyaga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan chiqindilar miqdori kamayishiga imkon berishadi, deyishmoqda mutaxassislar.

Rivojlangan davlatlarda sovitish tizimining yaxshi ishlamasligi tez ayniydigan mahsulotlarning 9 foizining, rivojlanayotgan davlatlarda esa deyarli 23 foizining aynib ketishiga olib kelmoqda.  

Mutaxassislarning aytishicha, sovitish tizimining yaxshilanishi issiqxona gazlari hamda sovitish va shamollatish tizimlarida qo`llanuvchi zararli gazlar miqdorini qisqartirishga ham yordam beradi.

AQSh, Xitoy, Evropa Ittifoqi a`zolari hamda Amerika, Afrika va Osiyoning ko`plab davlatlari ushbu majburiyatni bajarishga rozi bo`lishgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1