AsosiyJamiyat

Tadbirkor sifatsiz shifer ishlab chiqargani uchun usta haqini ham to`ladi

'Tadbirkor sifatsiz shifer ishlab chiqargani uchun usta haqini ham to`ladi'ning rasmi

2019 yil mart oyida To`raqo`rg`on tumanidagi Shaxand MFYda yashovchi fuqaro Marg`uba Tojiahmedova o`zi istiqomat qilayotgan xonadon uchun “Abdulvosit Tolibjon”ga qarashli savdo do`konidan qiymati 34500 so`mdan  bo`lgan 160 dona shiferni jami 5 mln 520 ming so`mga harid qilgan. Tomga qoqilgan shiferlar oradan ko`p vaqt o`tmasdan yaroqsiz holatga kelib qolgan. 

Fuqaro  To`raqo`rg`on tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan tadbirkordan sifatsiz shiferlarni sifatlilariga almashtirib berilishi va bundan tashqari yollanma ishchilarga sarflagan  xizmat xaqini ham qo`shib undirib olishida amaliy yordam berishlarini so`ram murojaat qilgan. 

To`raqo`rg`on tuman Iste`molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda o`rganildi va yaroqsiz holatga kelgan shiferlar tadbirkor tomonidan sifatlisiga almashtirilib,  fuqaro tomonidan yollanma ishchilarga sarflangan xizmat xaqlari ham to`lab berildi. Bu haqda darakchi.uz ga Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining bo`lim boshlig`i Sherali Sattarov ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar