AsosiyJamiyat

O`zbekiston Rossiyadagi "Tyubeteyka" ("Do`ppi") festivalida qatnashadi

'O`zbekiston Rossiyadagi "Tyubeteyka" ("Do`ppi") festivalida qatnashadi'ning rasmi

2020 yilning 27-fevral kuni Moskvadagi Tishinka savdo-ko`rgazma markazida “Tyubeteyka” sharq bozori uchinchi xalqaro ko`rgazmasi ochiladi. Ko`rgazma moskvaliklarni va poytaxt mehmonlarini O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog`iston, Tatariston, Boshqirdiston, Qirg`iziston va Rossiyaning madaniy, badiiy, tarixiy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan. Ko`rgazmada amaliy san`at va hunarmandchilik, xalqlarning urf-odatlari, milliy taomlari va an`analarini saqlashga katta e`tibor qaratiladi.

Ushbu tadbir madaniyat festivali sifatida uchinchi marotaba o`tkazilmoqda. Ko`rgazma informasion va madaniy xususiyatga ega bo`lib, jamoatchilikni ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jalb qilish va ishlab chiqaruvchi bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzish imkoniyatini ta`minlashga qaratilgan.

Ko`rgazmada hunarmandlar, san`atshunoslar va O`zbekistonning ijodiy va raqs jamoalari ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar