1

Komil Allamjonov: "Uch nafar xodimga yordam bermoqchi edik, bugun o`sha kun keldi" (video)

Jamiyat 12.11.2019, 10:23
Teglar: Komil Allamjonov
Komil Allamjonov: "Uch nafar xodimga yordam bermoqchi edik, bugun o`sha kun keldi" (video)

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov o`zi rahbarlik qilayotgan tashkilotdagi bir nechta xodimlarning uzoq vaqtdan buyon amalga oshmay yurgan orzulari ushalgani haqida gapirdi:

“Agentlik rahbari sifatida endi ish boshlagan paytlarimda tizim korxonalarida mehnat qilayotgan oddiy ishchilar bilan suhbatlashgan edim. 

O`shanda uch nafar xodimimiz fuqarolik pasportini olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytgan va biz ularga yordam berishga va`da bergan edik.

Bugun o`sha kun keldi. Prezidentimiz Farmoni bilan O`zbekiston nashriyotining uch nafar xodimi O`zbekiston fuqaroligiga ega bo`ldi. 

Bu dunyoda hamma narsa nisbiy. Ushbu pasportning qadrini ancha yillar davomida, fuqarolik pasporti yo`qligi tufayli hayotida sarson-sargardon bo`lib yurganlar, qiyinchilik ko`rganlar yaxshi biladi. 

Ana shunday qiyinchilikda yurgan 3 nafar fuqaroning mushkulini oson qilishda oz bo`lsa-da, hissa qo`shgan bo`lsak, o`zimizni yanada baxtiyor his qilamiz. 

Xodimlarimizni O`zbekiston fuqarosi bo`lgani bilan tabriklayman!”

Sharhlar

AOKA Toshkent shahar hokimi masalasi yuzasidan ikkinchi rasmiy bayonotini e`lon qildi

18.11.2019, 12:23

O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ikki kundan buyon muhokamalar maydonida bo`layotgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bilan bog`liq masalaga nisbatan rasmiy munosabatini...
Komil Allamjonov “nima uchun munosabat bildirmayapsiz” deganlarga javob qaytardi

13.11.2019, 09:38

Ma`lumki, 6 noyabr kuni xorazmlik faol jurnalist Davlatnazar Ro`zmetov avtohalokat sabab vafot etgan edi. Ushbu voqe ortidan hodisa kutilmagan halokat bo`lmasligi mumkin, degan taxminlar ham paydo bo`lgandi. Undan bir...
Chellinj: Komil Allamjonov qilgan ishlarini ikki daqiqada gapirib berishga harakat qildi (video)

07.11.2019, 08:16

Internet olamida yangi chellenj paydo bo`ldi. Unda ikki daqiqa ichida qilingan ishlarni aytib berish kerak bo`ladi.Xususan, Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 2 daqiqa ichida...
Komil Allamjonov blogerlarga: "Biz hammangizni o`qiymiz. Barchangiz ajoyib ijodkorsizlar"

01.11.2019, 08:38

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida blogerlarga nisbatan o`z munosabatini e`lon qildi.Ma`lum bo`lishicha, ko`plab taniqli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1