Kecha, 11 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “ XORAZM – “Elektr energiyasi kunduzi umuman berilmayapti” sarlavhali maqola e`lon qilingan.
Mazkur holat “Xorazm hududi elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tezkor o`rganildi. Bu haqda jamiyat Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi magistral yo`lning chetidagi "Sanoat" podstansiyadan chiquvchi 10 kV «KARVAK» fiderida ko`pchilik simyog`ochlar yog`och ustundan iborat edi.
Hududlardagi yog`och ustunlarni beton ustunlarga almashtirish “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning joriy ta`mirlash rejasiga kiritilgan bo`lib, 4-noyabrdan 11-noyabrgacha joriy ta`mirlash va yog`och usturlarni beton ustunlarga almashtirish rejasi asosida ishlar olib borildi. Shu sabab, 4-11 noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tumanda ta`mirlash ishlari elektr energiyasidan ajratilgan holatda amalga oshirildi.
Ma`lumki, elektr energiyasidan ajratilmagan holatda ta`mirlash ishlari olib borilgan taqdirda, elektr energiyasi xodimlari hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Shu sababli yuqoridagi hududlarda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgan.