1

Xushnud Xudoyberdiev: “Nomzodlar ro`yxati: barchasi tabiiy, bundan ortig`ini kutmagandim”

Jamiyat 13.11.2019, 11:30
Teglar: Xushnud Xudoyberdiev, Nomzod
Xushnud Xudoyberdiev: “Nomzodlar ro`yxati: barchasi tabiiy, bundan ortig`ini kutmagandim”

Bu yilgi saylov jarayonlari har yilgidan o`zgacha ko`rinishda tus olmoqda. Xususan, kuni kecha partiya rahbarlari ishtirokida bo`lib o`tgan ochiq debatda jamoatchilik tomonidan berilgan savollar va fikrlar bunga yorqin misol. Ko`pchilikni qiziqtirgan masala — nomzodlar tanlovi borasidagi savollar esa hamon ochiq qolmoqda. Bu borada huquqshunos va faol bloger Xushnud Xudoyberdiev munosabat bildirdi:

“Siyosiy partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga o`z nomzodlarini e`lon qilgandan keyin bu bo`yicha turli qarashlar va fikrlar bildirilmoqda.

Ko`pchilik negadir nomzodlarni ko`rib, hafsalasi pir bo`lganini va ko`ngli to`lmaganini ta`kidlamoqda. Ammo shaxsan meni nomzodlar ro`yxati mutlaqo ajablantirgani yo`q. Barchasi tabiiy, bundan ortig`ini kutmagandim. Bunga quyidagilarni asos qilib keltirish mumkin:

Birinchidan, nomzodlarning barchasi ham internetda mashhur emas, shu sababli begona ism-sharifni ko`rib, “iya, kim bular, qaerdan kelib qoldi o`zi” deyapmiz. Ammo ular ko`pchilik aytganday juda unaqa “bir tiyinga” qimmat emas. Respublika yoki viloyat miqyosidagi katta rahbarlardan tortib, oddiy o`qituvchilargacha ko`rdim. Har holda hozirgi deputatlar bilan solishtirganda, ko`rsatilgan nomzodlar yoppasiga “noqobil” emas.

Ikkinchidan, ha, to`g`ri, nomzodlarni ko`ra turib, barchasini ham Oliy Majlis deputatligiga loyiq, deb ayta olmaymiz. Ammo bu ham tabiiy hol. Sababi O`zbekistonda nomzodini qo`yish mumkin bo`lgan 750 nafar (5ta partiya 150 ta okrugga ko`rsatgan nomzodlar) salohiyatli va deputatlikka mutlaqo loyiq deb hisoblash mumkin bo`lgan mutaxassislarni topib bo`lmaydi. Bu qay darajada achchiq bo`lsada, tan olishimiz kerak.

Uchinchidan, biz bilgan va biz kutgan salohiyatli insonlarning barchasi ham o`z nomzodini qo`yishga rozi bo`lavermaydi. Ularga deputatlik kerak emas, ular hozirgi ishida deputatlardan ko`proq jamiyatga foydasi tegadi, deputatdan bir necha barobar ko`proq maosh oladi. Shu sababli majburlasangiz ham, ular nomzodini qo`yishga, issiq joyini sovutishga rozi bo`lmaydi. Shaxsan o`zim bir nechta ana shunday insonlarni bilaman, deputatlikka nomzodini qo`yish haqidagi takliflarni rad qilishdi.

To`rtinchidan, joriy deputatlar orasida qayta nomzodi qo`yilganlarning ko`pchiligi notanish va yana deputat bo`lishga noloyiq, deb hisoblayotgan insonlar ham ko`plab topiladi. Bir narsani tushunish kerakki, o`tgan 5 yil davomida deputatlik korpusi ijro hokimiyati uchun amaldorlar etishtirib chiqaruvchi maskanga ham aylanib qoldi. Juda ko`p deputatlar davlat va nodavlat tashkilotlariga turli lavozimlarga tayinlandi. Masalan, birgina O`zLiDeP misolida oladigan bo`lsak, o`ndan ortiq deputatlar u yoki bu lavozimni egalladi. Bilganlarim:

Abduqodir Toshqulov – TerDU rektori;

Rahimjon Hakimov – Adliya vaziri o`rinbosari - TDYuU rektori;

Elbek Shukurov – Toshkent shahar hokimi o`rinbosari;

Rustam Qobilov – Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari;

Jamol Nosirov – Buxoro viloyati hokimi o`rinbosari;

Ilhom Nosirov – avval Farg`ona viloyati hokimi o`rinbosari, hozir Farg`ona tumani hokimi;

O`tkir Bo`taev – Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o`rinbosari;

Nodir Rajabov – Jizzax viloyati hokimining birinchi o`rinbosari;

Dilfuza Urolova – Sirdaryo viloyati hokimi o`rinbosari.

Bu kabi misollarni boshqa partiyalardan ham ko`plab ko`rish mumkin. Ya`ni shundoq ham 5 yil davomida eng yaxshi deputatlar ijro hokimiyati tizimiga o`tib ketishgan va ular qayta nomzodini qo`yishmaydi. Mana shu faktor ham qayta nomzodi qo`yilgan deputatlar tarkibiga yaxshigina ta`sir o`tkazmay qolmagan.

Beshinchidan, jamoatchilik aytayotgan fikrlarda ham jon borligini tan olishimiz kerak. Ko`pchilik kutgan ayrim jamoatchilik vakillari yoki deputatlarning nomzodi ko`rsatilmaganiga biror izoh berilsa, yaxshi bo`lardi. Lekin ular ham vahima qilishga arziydigan darajada ko`p emas. Shaxsan men, birgina deputat Abdurashid Abduqodirov nomzodi qo`yilmaganiga biroz (ko`p emas) ajablandim. Abdurashid aka o`z nomzodini qo`yishga harakat qilganmi yoki yo`q, bunisini ham bilmayman. Balki o`zi xohlamagandir. Kim bilsin. Agar boshqacha vaziyat bo`lsa, izoh berilishi kerak”

Sharhlar

Hafta davomida 5 ta partiya ham plenumlarda prezidentlikka nomzodlarini tavsiya qildi

07.08.2021, 19:09

Hafta davomida 5 ta partiya ham plenumlarda prezidentlikka bo`lajak nomzodlarni tavsiya qildi:O`zbekiston Ekologik partiyasi — Narzullo Oblomuradov;"Adolat" SDP — Bahrom Abduhalimov;"Milliy tiklanish" DP — Alisher...
“Akmal va Aktam akalar ko`rpa ichiga to`n bilan kirib yotganlarning muammosini tushunarmikan?!” Qashqadaryoliklar nomzodlardan xavotirda

16.12.2019, 09:57

“KESHNEWS” o`z sahifasida vohaliklarni tashvishga solayotgan ayni paytdagi masalani bildirdi:“Siyosat qiziq jarayonda! Istalgan odamni "aqlli" qilib qo`yadi. Siyosatchining so`zlari muhokama qilinadi, lekin loy kechib yurgan...
“Hukumat bitta uy uchun fuqarolariga ikki xil narxda boj belgilashini kimdir mantiqan tushuntirib bera oladimi?”

27.11.2019, 10:28

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga o`z munosabatini doimiy va o`rinli berib borayotgan Xushnud Xudoyberdiev bu safar ham yillar davomida “poytaxtdagilar”ni qiynayotgan yana...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1