Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov.
Unga ko`ra, Toshkent shahar, Uchtepa tuman xalq ta`limi bo`limining xo`jalik ishlari bo`yicha mudir o`rinbosari J.N. fuqaro N.T.ga “Sherobod Agrosanoat kasb-hunar kolleji”ni 2007-2010 yillarda o`qib tamomlaganligi haqidagi qalbaki diplomni 2 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.N.ga nisbatan JKning 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.