Poytaxt ichki ishlar organlarining Patrul-post xizmati yo`nalishida mavjud bo`lgan bo`sh lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov e`lon qiladi.
Tanlov, joriy yilning 23 noyabr kuniga qadar soat 09.00dan 18.00gacha Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko`chasi, 7-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasi binosidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish markazi”da bo`lib o`tadi.
NOMZODLARGA QO`YILADIGAN TALABLAR:
- oliy ma`lumotga ega yoki O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining sirtqi ta`lim shaklida tahsil olayotgan Toshkent shahrida yashovchi erkak (o`g`il bola) fuqarolar bo`lishlari kerak;
- yosh toifasi – 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham);
- bo`y bilan bog`liq talablar: 175 sm. dan past bo`lmagan;
- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o`tagan yoki oliy ta`lim muassasalarining harbiy kafedrasini tugatgan bo`lishi shart.
Batafsil ma`lumot uchun Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: 71-281-95-49.