Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanadi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov yig`ilganlarni bayram bilan qutlab, Prezidentimizning O`zbekiston sog`liqni saqlash xodimlariga tabrigini o`qib eshittirdi.
Tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoevning tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan qabul qilgan farmoniga muvofiq to`rt nafar namanganlik soha fidoyilarigi davlat mukofotlari topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasiga “Jentra” hamda Namangan shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalariga “Neksiya-3” yangi xizmat avtomobillarining kalitlari topshirildi, deya xabar beradi Namangan24.
Shuningdek, tibbiyot sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hamkasblariga o`rnak bo`layotgan va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tanilgan soha fidoyilaridan bir guruhi viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Qolaversa, yilning eng namunali shifokori ko`rik-tanlovi nominasiyalari bo`yicha g`oliblar ham aniqlanib, ularga esdalik sovg`alari va diplomlar taqdim etildi.
Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu bayram munosabati bilan viloyatda o`tkazilgan tadbirda shoir Sharofiddin Boltaboevga ushbu Nexia-3 avtomobilini sovg`a qilgani haqida xabar bergandik.