AsosiyJamiyat

3-qavatdan tushib ketgan sirdaryolik talabaning ahvoli ma`lum qilindi

'3-qavatdan tushib ketgan sirdaryolik talabaning ahvoli ma`lum qilindi'ning rasmi

2019 yil 13 noyabr kuni taxminan soat 15:30lar atrofida Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti, “O`zbek tili va adabiyoti” yo`nalishi, 4-bosqich 49-16-guruh talabasi Yu.Qarshiboev universitet bosh binosi 3-qavat 327-auditoriyasining oynasidan telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida pastga tushib ketgan. 

Voqea sodir bo`lgan vaqtda tez tibbiy yordamga murojaat qilingan, ular tomonidan talabaga yordam ko`rsatilib, so`ng Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati bo`limiga olib borilgan va to`liq tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ma`lum qilishicha, ushbu voqea yuzasidan “O`zbek tili va adabiyoti” yo`nalishi, 4-bosqich 49-16-guruh talabalari bilan universitet ma`muriyati tomonidan suhbat o`tkazilgan.

Aniqlanishicha, guruh talabalari o`rtasida hech qanday nizoli holat bo`lmagan va Yu.Qarshiboevning birov bilan tortishmagani ma`lum bo`lgan. 

Bugun viloyat shifoxonasida Yu.Qarshiboev muvaffaqiyatli operasiya qilingan, hozirda uning umumiy ahvoli yaxshi. Universitet ma`muriyati va kursdoshlari Yu.Qarshiboev ahvolidan xabar olib turibdi

Boshqa yangiliklar