AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bir oila pomidor-bodring konservasidan ommaviy zaharlandi

'Qashqadaryoda bir oila pomidor-bodring konservasidan ommaviy zaharlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 6 kishidan iborat oila va ularning yaqin qarindoshi ishtirokida ommaviy zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, 2019 yil 12 noyabr kuni Chiroqchi tumani, Langar mahallasida yashovchi N.Xusanov (1981 y.t.), turmush o`rtog`i Yu.Usmonova (1982 y.t.), farzandlari A.Tolipov (2006 y.t.), F.Tolipova (2010 y.t.), X.Tolipov (2010 y.t.), T.Tolipov (2014 y.t.) va jiyani L.Tolipovalar (2014 y.t.) kechki ovqatga uy sharoitida tayyorlanib, shisha idishga qadoqlangan pomidor va bodring aralashmali salat konservasidan iste`mol qilib, zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilganlar.

Hozirda, N.Xusanovning ahvoli og`ir, A.Tolipovning ahvoli o`rta-og`ir, qolgan bemorlarning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar