1

“darakchi.uz”da chiqqan Nishondagi “omboxona”da dars o`tilishi haqidagi tanqiddan so`ng, vaziyatga yaxshilandi

Jamiyat 16.11.2019, 18:53
Teglar: Nishon, omboxona
“darakchi.uz”da chiqqan Nishondagi “omboxona”da dars o`tilishi haqidagi tanqiddan so`ng, vaziyatga yaxshilandi

12 noyabr kuni “darakchi.uz”da “Nishonda bir maktab ikkiga bo`lingan. Ayrim sinflarga “omborxona” da dars o`tiladi” sarlavhali maqola e`lon qilingan edi. 

Mazkur masala o`sha kunning o`zida viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ishchi guruh a`zolari tomonidan o`rganilib, ko`rilgan chora-tadbirlar ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, Nishon tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining 2 ta o`quv binosi mavjud bo`lib, birinchi binosi 1958 yilda qurilgan, quvvati 210 o`rinli va sport zali mavjud. Ushbu o`quv binosida 7 ta sinfxona bo`lib, 6 ta sinf o`qib kelmoqda. Shuningdek, ushbu binoda chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayyorgarlik xonasi, qurol saqlash xonasi joylashgan. (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-sonli qarori 4 ilovasining 6-bandida “O`quv qurol yarog`lari va o`q dorilari saqlanadigan qurol saqlash xonasi”tashkil etilishi ko`rsatilgan). 

Maktabning ikkinchi binosi 2007 yilda investisiya dasturi asosida qurilgan bo`lib, quvvati 315 o`ringa mo`ljallangan. Joriy o`quv yilida 705 nafar o`quvchilar ta`lim-tarbiya olib kelmoqda. Maktabda 8 ta sinfxonada hozirda 2 smenada 16 ta sinf o`qiydi.  Maktabda zamonaviy tipda qurilgan 12x24 hajmdagi sport zali mavjud. Yangi qurilgan bino laboratoriya, kopyuter, chet tili xonalari, bufet, tibbiyot xonasi va ma`muriy xonalardan tashkil topgan. 

Maktabda o`quv sinflari 2 smenada to`liq o`qitilib kelinayotganligi sababli, ayrim sinflar maktabning eski binosida ta`lim-tarbiya olishlariga to`g`ri keladi. 

Maktabga qo`shimcha bino qurib berish uchun 2020 yil tuman “Obod qishloq” dasturiga 210 o`rinli qo`shimcha bino qurish uchun takliflar berilgan. 

Tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 38 ta umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun 308 930 000 so`mlik o`quvchilar parta stullari kuzgi ta`til davrida 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining eski binosiga vaqtincha olib kelinib, bir kun muddatda barcha maktablarga etkazib berildi.Tasvirda ko`rsatilgan, o`quvchilar parta stullari yig`ib qo`yilgan xona omborxona emas, sinfxonasi sifatida foydalanilib kelinmoqda. 

Maktabning tasvirga olingan tashqi ko`rinishidagi holat, tuman xalq ta`limi bo`limi huzuridagi qurilish ekspulatasiya bo`limi tomonidan ta`mirlanib, amaliy yordam ko`rsatildi.

Sharhlar

Nishon hokimi o`rinbosarining xizmat mashinasida odam urib ketgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi — Bosh prokuratura

08.08.2022, 12:28

Sal avval Nishon hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida YTH sodir etib, 49 yoshli fuqaro o`limiga sababchi bo`lgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB...
Qashqadaryoda yantoq va qamishdan innovasion ozuq-em ishlab chiqariladi

22.01.2022, 11:57

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yantoq va qamishdan innovasion ozuqa-em ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda."Yantoq va qamishdan foydalanib chorvachilik,...
Nishonda bir maktab ikkiga bo`lingan. Ayrim sinflarga "omborxona"da dars o`tiladi

12.11.2019, 17:21

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining 1958-yilda qurilgan binosida 4,8,11-sinf o`quvchilariga dars o`tilmoqda. Ushbu holat “Nasafnews” muxbiri tomonidan o`rganildi.Ma`lum bo`lishicha, maktab rahbariyati asosiy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1