AsosiyJamiyat

Ayolning makriga aldangan erkak 3000 AQSh dollarga uxladi

'Ayolning makriga aldangan erkak 3000 AQSh dollarga uxladi'ning rasmi

Sergeli tumani IIO FMBga 41 yoshli Aslbek S. 52 yoshli Intizor B.ga nisbatan chora ko`rishni so`rab murojaat qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Intizor B. 2015 yilning yanvar oyidan mart oyigacha bo`lgan davr mobaynida Aslbekka Toshkent viloyati Zangiota tumanidan 6 sotok er maydonini xarid qilishda yordam berishini va`da qilgan. Buning uchun u Aslbekdan 3.000 AQSh dollari olgan, ammo va`dasiga xilof qilib, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Intizor B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar