Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi institutida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganining 28 yilligiga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.
“Davlat bayrog`i - faxrim, g`ururim” mavzusida o`tkazilgan tadbirda Ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari, Institut professor-o`qituvchilari va Oliy kurs tinglovchilari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga “Davlat bayrog`i - faxrim, g`ururim” mavzusidagi bir qator she`rlar hamda Davlatimiz bayrog`i qabul qilinganining 28 yilligiga bag`ishlangan videolavhalar namoyish etildi.
— Vatan himoyasidek muqaddas burchni mardona o`tash uchun bayrog`imizni o`pib qasamyod qilayotgan harbiylarimizning qalbidagi olovni, ko`zlaridagi jo`mardlikni ko`rib, faxrlanamiz. Ana shunday lahzalarda hech mubolag`asiz Vatanimiz bayrog`ini ko`zimizga to`tiyo qilgimiz keladi. Bu faxrlanish aslida yurtga bo`lgan cheksiz mehr va sadoqatning yorqin ko`rinishidir deydi — polkovnik Abduazim Axmadxodjaev — Toki bayroq bor ekan — millat bor, davlat bor, Vatan bor. O`zbekiston farzandlari qaerda bo`lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog`ini ardoqlaydi.
Tadbir so`ngida Institutning “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi boshlig`i podpolkovnik Savriddin Najmiev ijrosidagi jonajon Vatanimiz va bayrog`imizni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlar yangradi.
Yong`in xavfsizligi instituti matbuot xizmati