AsosiyJamiyat

Kecha Yunusobodda “Spark” nega uch avtomibilga borib urildi?

'Kecha Yunusobodda “Spark” nega uch avtomibilga borib urildi?'ning rasmi

 

Internet tarmog`ida Gidrometmarkaz yaqinida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqalmoqda. Ushbu holat Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor o`rganildi va ma`lum qilindi

Unga ko`ra, 2019 yil 18-noyabr kuni soat 10.40 da Osiyo va Chingiz Aytmatov ko`chalari kesishmasida 29 yoshli D.K. boshqargan “Spark” rusumli avtomobil svetoforning ta`qiqlovchi ishorasiga to`xtagan uch nafar mashinalarga to`qnashgan. Avtomobillardan biri, o`z navbatida, oldida turgan “Matiz”ga urilgan. YTH sababi: D.K.ning aytishicha, avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqqan. Hodisa tufayli hech kim jabr ko`rmadi.

“Hurmatli haydovchilar! Transport vositangizning texnik holatiga e`tiborliroq bo`ling. Ayniqsa ob-havo sovuqligida. Havoni sovib borishi bilan tormoz masofasi uzayib borishini unutmang. Yo`llarda o`zingizni ehtiyot qiling!” — deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar