AsosiyJamiyat

Samarqandda ikki ishchi tuproq bosib qolib halok bo`ldi

'Samarqandda ikki ishchi tuproq bosib qolib halok bo`ldi'ning rasmi

 

Samarqand shahri Xishrav ko`chasida yollanma ishchi sifatida jalb etilgan N.R. va P.D. suvoqava quvurida ta`mirlash ishlarini olib borayotganda ularni  kutilmaganda tuproq bosib qoldi. Bu haqda «Postda.uz» xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea 13 noyabr kuni soat 12:30 larda yuz bergan. Oqibatda N.R. va P.D. voqea joyida halok bo`lgan. Jasadlar sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar